Dunyo
Ostona shahrida rekord darajada qor yogʻdi
Ostonada qor yogʻishi davom etmoqda. Sinoptiklarning maʼlumotlariga koʻra, kun davomida kuchli qor boʻroni va yaxmalak saqlanib qoladi.
Sinoptiklarning xabar berishicha, 17-aprel kuni Ostonada havo bulutli boʻladi, kechasi vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, yaxmalak hosil boʻladi.
Shamol shimoli-sharqdan shimoli-gʻarbga oʻtib 9-14 tezlikda, kechasi 15-20 m/s tezlikda esadi.
Ayni damda poytaxtda qor yogʻishi davom etmoqda, shamol esmoqda.
Sinoptiklarning xabar berishicha, 18-19-aprel kunlari poytaxtda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Havo harorati +5…+7 darajagacha koʻtariladi. Shamol tezligi sekundiga 7-12 metrga yetadi.
Ostonada uch kun davomida 37,6 millimetr yogʻingarchilik kuzatildi. Shu bilan birga, oylik yogʻingarchilik darajasi 22 millimetrni tashkil qildi.