AsosiySport

Osiyo kubogi-2023: qurʼa 11-mayda tashlanadi

Joriy yilning 11-may kuni Doxada Osiyo kubogi-2023ga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtadi.

OFK qurʼa tashlash oldidan FIFAning soʻnggi reytingi asosida jamoalarning qaysi savatchadan joy olganini maʼlum qildi.

Unga koʻra, Qatar, Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni birinchi savatchadan, Iroq, BAA, Ummon, Xitoy, Iordaniya va Oʻzbekiston ikkinchi savatchadan, Bahrayn, Suriya, Falastin, Vetnam, Qirgʻiziston, Livan uchinchi savatchadan, Hindiston, Tojikiston, Tailand, Malayziya, Gonkong va Indoneziya toʻrtinchi savatchadan joy oldi.

Taʼkidlash joizki, musobaqa 2024 yilning yanvar oyida Qatarda boʻlib oʻtadi.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button