Oʻzbekistonga 900 ming dozaga yaqin Pfizer vaksinasi olib kelindi
Mamlakatimizga 13-15 mart kunlari COVAX dasturi doirasida COVID-19ga qarshi jami 875 520 doza Pfizer vaksinasi olib kelindi.
Yurtimizga ilk marotaba olib kelingan vaksina COVID-19 infeksiyasining omikron B.A.4 va B.A.5 shtammlariga qarshi tayyor eritilgan vaksina hisoblanadi.
Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab pandemiyaning oldini olish uchun COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlanish maqsadga muvofiqligi va nihoyatda muhimligini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, ayni kungacha mamlakatimizda jami 75 670 234 doza vaksinadan foydalanildi.
COVID-19 infeksiyasiga qarshi kurashish va uni tarqalishining oldini olishning eng samarali yo‘li — immunizasiya, ya’ni aholini infeksiyaga qarshi vaksina bilan emlashdir. Shunday ekan, COVID-19ga qarshi emlanib, o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoyalang.