Iqtisodiyot
Oʻzbekistondan Afgʻonistonga temiryoʻl qatnovi toʻxtatildi
Oʻzbekistondan Afgʻonistonga temiryoʻl qatnovi 1-fevraldan boshlab vaqtincha toʻxtatildi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” xabar berishicha, Termiz shahrida oʻtkazilgan muzokaralar davomida 2023-yilning 1-fevraliga qadar Afgʻoniston hududidagi texnik ishlarni bosqichma-bosqich Afgʻon temir yoʻllari ishchilari tomonidan amalga oshirilishi boʻyicha harakatlar rejasi kelishilgan.
Biroq Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi kelishilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshira olmayotgani sababli 1-fevraldan boshlab Afgʻonistonga temir yoʻl qatnovi vaqtincha toʻxtatiladi.
Gʻalaba—Hayraton temiryoʻli ochilishi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.