Asosiy

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Soʻxdagi yerosti gaz omborini tiklashni boshladi

Oʻzbekiston Prezidentining Qirgʻizistonga davlat tashrifi chogʻida Soʻxdagi yerosti gaz omborini tiklash bilan bogʻliq kelishuvlar amalga oshirilgan edi.

10-aprel, dushanba kuni Energetika vazirligi boshchiligidagi Ishchi guruh “Shimoliy Soʻx” GYOSIda tabiiy gazni saqlash tizimini tiklashga doir loyiha doirasidagi tadqiqotlarni oʻtkazish uchun mavjud muammolarni oʻrganish maqsadida Qirgʻizistonning Qadamjay tumaniga bordi.

Qirgʻiziston tarafidan tuzilgan ishchi guruhi bilan uchrashuvda yoʻl xaritasida koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish muhokama qilingan. Qirgʻiziston hududidagi gaz quduqlarining holati koʻzdan kechirilib, loyiha doirasida amalga oshiriladigan navbatdagi qadamlar belgilab olingan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Prezidentining Qirgʻizistonga davlat tashrifi chogʻida Soʻxdagi yerosti gaz omborini tiklash bilan bogʻliq kelishuvlar amalga oshirilgan edi. “Shimoliy Soʻx” GYOSIda tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash» loyihasi ham shu rejadan oʻrin olgan.

Shuningdek, ikki davlat energetika vazirlari tomonidan ham mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun “Yoʻl xaritasi” imzolangan. Jumladan, Oʻzbekiston tomonidan 15 kishidan iborat Ishchi guruh ham shakllantirildi. “OʻzLITIneftgaz” AJ bilan birgalikda “Shimoliy Soʻx” GYOSI quduqlarida dala tadqiqotlarini oʻtkazish uchun texnik topshiriq ishlab chiqildi.

Matn: Баҳор Хидирова

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button