AsosiyIqtisodiyot

Oʻzbekiston Turkmanistondan 2 mlrd. kub gaz import qiladi

Oʻzbekiston va Turkmaniston yiliga 2 mlrd. kub metrgacha tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha qisqa muddatli shartnoma imzoladi.

Bu haqda Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov OAVga bergan intevyusidan maʼlum qildi.

«4-avgust kuni boʻlib Turkmaniston, Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari uchrashuvida tarixiy kelishuvlarga erilishildi. Jumladan, prezidentlarimiz koʻmagida turkman gazini Oʻzbekistonga eksport qilish boʻyicha kelishib olindi. «Turkmangaz» va «UzGasTrade» oʻrtasida qisqa muddatli shartnoma imzolandi», deydi Mirzamahmudov.

Vazirning aytishicha, bu hali faqat boshlanishi. Kelajakda sohada hamkorlik kuchaytirilib, koʻp yillik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Mirzamahmudovning taʼkidlashicha, eksport qilinayotgan gaz toʻliq aholi, mashinalar va sanoat isteʼmoliga yoʻnaltiriladi.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button