Iqtisodiyot
Oʼzbekistonda mart oyida 76,3 milliard soʼmlik tabiiy gaz oʼgʼirlandi
Ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 79 million kub metr (76,3 milliard soʻm) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 79 million kub metr (76,3 milliard soʻm) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda gaz taʼminoti korxonalari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida joriy yil mart oyida 559 ta holatda ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 79 million kub metr (76,3 milliard soʻm) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan:
– Buxoro viloyatida 24,3 mln kub metrni (24,2 mlrd soʻm),
– Fargʻona viloyatida 19,3 mln kub metrni (19,3 mlrda soʻm),
– Jizzax viloyatida 9,9 mln kub metrni (10 mlrd soʻm),
– Samarqand viloyatida 10,1 mln kub metrni (8,5 mlrd soʻm),
– Toshkent shahrida 7,1 mln kub metrni (7,1 mlrd soʻm) tashkil etgan.
Noqonuniy foydalanish holatlari isteʼmolchilar toifasi boʻyicha:
– AGTKSHlarda 22 ta holatda (41,7 mlrd soʻm),
– issiqxonalarda 17 ta holatda (1,1 mlrd soʻm),
– boshqa ishlab chiqarish korxonalarida (asfalt, ohak, gips, chinni mahsulotlari, non mahsulotlari) 90 ta holatda (24,9 mlrd soʻm),
– umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 54 ta (1 mlrd soʻm) holatlar aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.