AsosiyMadaniyat

Navro’z (Novruz, Navruz, Nooruz, Nevruz, Naurыz) — bahorning kun va tuni teng bo’ladigan kuni

Butun dunyo bo'ylab 500 milliondan ziyod aholi yangi yilning boshlanishi sifatida nishonlaydigan qadimiy bayram.

Navro’z Markaziy Osiyo, Bolqon, Yaqin Sharq, Kavkaz, Qora dengiz havzasi va boshqa mintaqalarda 3 000 yildan ortiq vaqtdan beri nishonlanadi.

2010 yil 23 fevralda BMT Bosh Assambleyasi 21 martni Xalqaro Navro’z kuni deb e’tirof etdi. SHu kuni YUNESKOning 2009 yil 30 sentyabrdagi Navro’z bayramini insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro’yxatiga kiritish to’g’risidagi qarori olqishlandi.

Xalqlar o’rtasidagi o’zaro hurmat va yaxshi qo’shnichilikka asoslangan aloqalarni mustahkamlashda Navro’zning o’rni katta. Navro’z avlodlar o’rtasida ham, oilada ham tinchlik va hamjihatlik qadriyatlarini targ’ib qilishga hissa qo’shadi, madaniy xilma-xillikni saqlash, xalqlar va jamoalar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Via
Aregem

TuraNews

Back to top button