Asosiy

Navoiydagi 188 ta yaylovda joylashgan noruda konlari auksionga chiqariladi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida prezident sanoatda 186 ta loyihani amalga oshirib, 15 mingta yangi ish o‘rni yaratish zarurligini aytdi. 188 ta yaylovlarda joylashgan noruda konlarni auksionga chiqarish va 8 ta Yoshlar sanoat zonasi infratuzilmasiga 20 milliard so‘m ajratish shular jumlasidan.

Navoiy shahrida Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.

Sessiyada prezident viloyat faollarining bildirgan fikrlari asosida Navoiy viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Normat Tursunov nomzodini tavsiya etdi.

Nomzodning hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalarini eshitish taklif qilindi. Nomzod viloyatda tadbirkorlik va xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini aytdi.

Source
gazeta.uz

TuraNews

Back to top button