NASA «Artemis-1» missiyasini Oyga uchirdi
Agar NASAning Deep Space Exploration Systems’ning birinchi integratsiyalashgan parvoz sinovini amalga oshiradigan “Artemis I” parvozi muvaffaqiyatli o‘tsa, NASA astronavtlari 2024-yilda Oy atrofida uchib, 2025-yilda Oyga qo‘na oladilar.
Bugun, 16 noyabr kuni Florida shtatidagi Kennedi kosmik markazi maydonidan «Artemis-1» Oy missiyasi start oldi.
NASA uning doirasida Orion kosmik kemasi bilan Boeing tomonidan ishlab chiqilgan Space Launch System (SLS) raketasini koinotga uchirdi, bu haqda TRT Haber xabar bermoqda
Avvalroq, dvigatel muammolari, yonilg‘i sizib chiqishi va murakkab ob-havo sharoiti tufayli parvoz bir necha bor qoldirilgan edi.
SLS 98 metrli ulkan raketa bo‘lib, 95 tonna yukni orbitaga olib chiqishga qodir. Endi u Orion kosmik kemasini koinotga yetkazadi, shundan so‘ng u tashuvchidan ajralib, 25 kun davomida avtonom parvoz qildi. U Oy atrofini aylanib o‘tib, 11 dekabr kuni Yerga qaytishi kerak.
Kennedi koinot markazidan amalga oshiriladigan Oyga qaytish loyihasi (Artemis I missiyasi) doirasida 27-sentyabr kuni rejalashtirilgan parvoz sinovi Floridaga yaqinlashayotgan “Ian” to‘foni sababli uchinchi marta bekor qilingandi.
NASA 26-sentyabr kuni Artemida uchun foydalanilgan kosmik kemani va uchirish maydonchasidagi raketani dovul tufayli angarlarga tortib olishini maʼlum qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan reys avvalroq yonilg‘i bakidagi sizib chiqishi sababli ikki marta bekor qilingan edi.
Agar NASAning Deep Space Exploration Systems’ning birinchi integratsiyalashgan parvoz sinovini amalga oshiradigan “Artemis I” parvozi muvaffaqiyatli o‘tsa, NASA astronavtlari 2024-yilda Oy atrofida uchib, 2025-yilda Oyga qo‘na oladilar.