Hayot

Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qoʻndi

Qoʻnishga appenditsit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab boʻlgan.

“Aeroflot” aviakompaniyasining Dehli — Moskva yoʻnalishi boʻyicha AFL233 reysi samolyoti Toshkentga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da Toshkent aeroportiga qoʻndi.

Qoʻnishga appenditsit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab boʻlgan. Ekipaj yoʻlovchining sogʻligʻi yomonlashgani sababli muqobil aerodromga qoʻnishga qaror qildi.

Aeroportga qoʻngach, yoʻlovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button