O‘q otish sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Peru poytaxti Lima shahrida o‘tgan Janubiy Amerika ochiq kubogida ishtirok etdi.
O’zbekistonlik merganlar musobaqa yakuniga ko‘ra, 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Umumiy hisobda 7 ta medallar shodasiga ega chiqqan terma jamoamiz a’zolaridan Muhammad Kamolov, Javohir Sohibov, Sitora Ergashboyeva, Gulbonu Qambarbekova va Vladimir Svechnikov g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.