
Kuchli yomg‘ir natijasida Farg‘ona viloyatidagi 6-10 kVli 11 ta elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomgʻir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraldi.