Istanbulda kuchli portlash sodir bo’ldi
Istiqlol ko‘chasi politsiya tomonidan kirish va chiqish uchun yopilgan.
Kecha, 13 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Beyo‘g‘li dahasidagi Istiqlol ko‘chasida soat 16:13 da yuz bergan portlash oqibatida 6 kishi hayotdan ko’z yumdi, 81 kishi tan jarohati oldi, Бул тууралуу TRT билдирет.
Voqea joyidagi tekshiruvlar ortidan bayonot bergan vitse-prezident Fuat Oktay portlashda 6 kishining hayotdan ko’z yumganini, 81 kishining tan jarohati olganini, ulardan 2 nafari og’ir ahvolda ekanini ma’lum qildi.
Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu hujumni amalga oshirgan shaxslar terror tashkiloti PKK/PYD a’zolari ekanligini ma’lum qildi.
“Bomba tashlagan shaxs bizning Istanbul politsiya boshqarmasi guruhlari tomonidan qo‘lga olindi. Undan oldin yana 21 ga yaqin odam hibsga olingan edi”,-dedi u.
Istanbul gubernatori Ali Yerlikaya voqeada yaralangan 50 kishining davolanishi yakunlanganini, 31 yaradorning davolanishi davom etayotganini ma’lum qildi.