AsosiySport

Humoyun Sultonov Fransiyadagi turnirda yarim finalga yoʻl oldi

Fransiyaning Sen-Dizye shahrida tennis boʻyicha ITF M25 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.

Ushbu musobaqada O’zbekistonlik Humoyun Sultonov ham ishtirok etyapti. Uchinchi raqam ostida tasniflangan tennischimiz chorak final doirasida germaniyalik Florian Broskaga qarshi kortga chiqdi.

1 soat 27 daqiqa davom etgan oʻyinda Humoyun raqibini 6:1, 6:4 hisoblarida magʻlub etdi va yarim finalga yoʻl oldi.

Endi Humoyun yarim finalda M.Martino – L.Pullan oʻyini gʻolibiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

TuraNews

Back to top button