AsosiyHayot

Habibulla Akbarov vafot etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Akbarov Habibulla Asatovich 2023-yilning 8-aprel kuni 87 yoshida vafot etdi.

Habibulla Akbarov fan arbobi, geologiya sohasida yirik olim, koʻplab shogirdlarning ustozi edi.

U 1936-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1958-yilda Oʻrta Osiyo politexnika institutining geologiya-qidiruv fakultetini tugatgan.

Faoliyati davomida Oʻrta Osiyo geologiya va mineral xomashyo institutida sektor mudiri (1968-79), boʻlim boshligʻi (1979-86), direktor oʻrinbosari (1987–91). 1992–96 yillarda ToshDTU prorektori va ayni shu vaqtda universitetning foydali qazilma konlari kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1996-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yer haqidagi fanlar boʻlimi raisi va Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1997-yildan) sifatida faoliyat yuritgan.

Atoqli olimning endogen ruda konlari va maydonlarini oʻrganish, ularni izlashga bagʻishlab yozgan koʻplab maqola va risolalari, ilmiy ixtirolari soha mutaxassislari va ilmiy jamoatchiligimizga yaxshi maʼlum.

Zahmatkash olim oʻz faoliyati davomida mehribon va talabchan ustoz sifatida koʻplab yoshlarga geologiya asoslaridan saboq berdi. Uning bevosita rahbarligida oʻnlab yosh olimlar tayyorlandi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda ilmiy jamoatchilik nomidan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz!

TuraNews

Back to top button