Dunyo
Gruziyadagi ko’chki qurbonlari soni 31 kishiga yetdi
Shovi kurortida ko’chki oqibatida halok bo’lgan yana ikki kishining jasadi Gruziya qutqaruvchilari tomonidan topildi.
Shovi kurortida ko’chki oqibatida halok bo’lgan yana ikki kishining jasadi Gruziya qutqaruvchilari tomonidan topildi.
Bu haqda favqulodda vaziyatlarni boshqarish xizmati rahbari Teymuraz Mgebrishviliga ma’lum qildi.
Uning so’zlariga ko’ra, Sori qishlog’i yaqinida erkakning jasadi, ofat o’chog’ida esa o’smirning jasadi topildi.
Shu tariqa qurbonlarning umumiy soni 31 nafarga yetdi, bedarak yo’qolgan ikki kishini qidirish ishlari davom ettirilmoqda.
3-avgust kuni baland tog’li Racha mintaqasidagi Shovi kurortida yirik ko’chki sodir bo’ldi. Loy massasi ko’priklar, yo’llar, sayyohlik uylari va mehmonxonaga zarar yetkazgan. Mutaxassislarning fikricha, tog’lardan besh million kub metrdan ortiq tuproq o’pirilib tushgan, deb xabar beradi mir24.tv.