Gretsiyada poyezdlar to’qnashuvi qurbonlari soni 29 kishiga etdi
Gretsiyada yo’lovchi poyezdi va yuk poyezdi to’qnashuvi qurbonlari soni 29 nafarga yetdi. 85 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi, barchasi shifoxonalarga yetkazildi.
Ayrimlarning ahvoli og’ir, shifokorlar ularning hayoti uchun kurashmoqda.
Tibbiy yordamga muhtoj bo’lmagan 270 nafar yo’lovchi fojia joyidan evakuatsiya qilindi. Ular Salonikiga avtobuslarda jo’natildi.
Halokat yarim tunda Larisa shahri yaqinida yuz berdi. Ikkala poyezd ham hozircha noma’lum sababga ko’ra bir yo’l bo’ylab bir-biriga qarab harakatlanayotgan. To’qnashuv shunchalik kuchli bo’ldiki, bir nechta vagonlar yonib, relsdan chiqib ketdi. Guvohlarning so’zlariga ko’ra, odamlar oynalari singan derazalar orqali tashqariga chiqishgan. Temir yo’llardan 100 metr uzoqlikda g’ildiraklar va poyez bo’laklari sochilib ketgan. Voqea joyida o’t o’chiruvchilar va qutqaruvchilar ishlamoqda, deb xabar beradi mir24.tv.