AsosiyDunyo

G’azoda ochlik tufayli hayotdan ko’z yumgan falastinliklar soni 27 nafarga yetdi

G'azo sektoridagi kasalxonalarda ochlikdan vafot etgan falastinliklar soni 27 nafarga yetdi, deb xabar berdi Al Jazeera.

Unga ko’ra, G’azo shimolida joylashgan “Kamol Advan” kasalxonasida chanqash va to’yib ovqatlanmaslik tufayli ikki bolaning o’limidan so’ng ochlikdan hayotdan ko’z yumgan falastinliklarning umumiy soni 27 nafarga yetdi.

Ilgari Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) G’azo sektori shimolidagi boshpana va kasalxonalardagi bolalarning 15 foizdan ortig’i to’yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotgani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, JSST so’nggi oylarda qayd etilgan “G’azo aholisining ovqatlanish darajasining keskin pasayishi” misli ko’rilmagan holat bo’lganini ta’kidladi, deb xabar beradi tass.ru.

TuraNews

Back to top button