Siyosat

Gap «uch tomonlama gaz ittifoqi» haqida edi — Toqayevning matbuot kotibi

Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibining ta’kidlashicha, Qasim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin «uch tomonlama gaz ittifoqi» (Rossiya + Qozog‘iston + O‘zbekiston) tuzish masalasini muhokama qilgan.

Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Ruslan Jeldibayning ma’lum qilishicha, Qasim-Jomart Toqayev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi muzokaralarda «uch tomonlama gaz ittifoqi» (Rossiya+Qozog‘iston+O‘zbekiston) yaratish masalasini muhokama qilgan. Mexanizmdan maqsad gazni tashishni muvofiqlashtirish, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tengrinews.kz.

«Qasim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda ushbu masalaga oqilona yechim topish uchun uch davlat ekspertlari ishtirokida batafsil muzokaralar olib borish zarur, deb hisoblaydi», — dedi Ruslan Jeldibay.

Bir kun avval Qasim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin Rossiya, Qozog‘iston hamda O‘zbekistonning «o‘ziga xos uch tomonlama ittifoqi»ni yaratish taklifi bilan chiqqani va Qozog‘iston bu taklifni ko‘rib chiqishga tayyorligini aytdi.

«Qo‘shimcha muvofiqlashtirish va hatto muzokaralarni talab qiladigan masalalar bor. Gap, xususan, gaz sohasi haqida ketmoqda», — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Source
TRT Avaz

TuraNews

Back to top button