Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Rossiya terma jamoasi bilan durang o‘ynadi. 20 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.
Bungacha O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari rasmiy o‘yinlarda to‘qnash kelishmagandi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli Rossiya shu kunga qadar sanksiyalar doirasida FIFA va UEFAning barcha turnirlaridan chetlashtirilgan.