Madaniyat

Fransiya fuqarolik milliy aviatsiyasi institutida Mirzo Ulug‘bek haykali o‘rnatildi

1 mart kuni Fransiyaning Tuluza shahrida joylashgan fuqarolik milliy aviatsiyasi institutida hududida buyuk astronom va olim Mirzo Ulug‘bek haykali o‘rnatildi, deya xabar bermoqda O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi matbuot xizmati.

Mazkur san’at asari narpaylik haykaltarosh Umrzoq Sharipov tomonidan yaratilgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 31 yilligi doirasida Tuluza shahridagi botanika bog‘i hududida «O‘zbek bog‘i»ning ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 70 ga yaqin mehmonlar, jumladan, Samarqand viloyati hokimiyati delegatsiyasi, Tuluza shahri meriyasi va fransuz ilm-fan va madaniyat doiralari vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi delegatsiyasi va Oksitaniya mintaqasining vitse-prezidenti Nadiya Pellefig hamda ushbu mintaqa iqtisodiy rivojlanish agentligi rahbariyati, Tuluza meriyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Tashrif doirasida Airbus samolyotsozlik zavodiga ham borilgan.

Source
Gazeta.uz

TuraNews

Back to top button