Dunyo

Erdo’g’on Turkiyaning TOGG elektromobilining birinchi egasi bo’ldi

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'on mamlakatda ishlab chiqarilgan TOGG elektromobilining birinchi egasi bo'ldi.

Konveerdan chiqqan avtomobilni topshirish marosimida ikkita – ko’k va qizil rangli TOGG elektromobillari taqdim etildi. Turkiya rahbarining so’zlariga ko’ra, u ko’k rangli mashinani haydaydi.

– Bugun biz xalqimizning 60 yillik orzusi ushalayotganiga guvoh bo’ldik. TOGG rekordlarni yangiladi, bu bizning shaxsiy avtomobilimiz”, – dedi Erdo’g’on.

OAV xabarlariga ko’ra, Erdog‘on yaqin kunlarda ushbu mashinadan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga ham yuborilishini bildirdi.

TOGG elektromobili bir quvvatlanishda 500 km masofani bosib o’ta oladi. Mashina 4,8 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi, elektromotorning maksimal quvvati esa 400 ot kuchiga teng.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button