Dunyo
Erdog’anning yengil shamollagani ma’lum qilindi
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog’anning sog’lig’i yaxshi ekanini, u yengil shamollaganini ma’lum qildi.
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog’anning sog’lig’i yaxshi ekanini, u yengil shamollaganini ma’lum qildi.
“Prezidentimizning salomatligi juda yaxshi. Biz doimiy aloqadamiz. Yengil shamollab qolgandi, – deydi Oktay.
Turkiya Prezidenti ma’muriyati ham Erdog’anning ahvoliga izoh berdi. Uning tuzilmasiga kiruvchi dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi OAVda mamlakat rahbarining yurak xurujiga uchragani haqidagi xabarlarni rad etdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Erdog’anning yurak xurujiga uchragani va shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to’g’ri kelmaydi”, — deyiladi markaz xabarida.
Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Erkan Kandemirning so’zlariga ko’ra, Erdog’an 27-aprel kuni “Akkuyu” atom elektr stantsiyasidagi tadbirlarda videoaloqa orqali ishtirok etadi. Shuningdek, u Mersinda payshanba kuni soat 15:00 da bo’lib o’tishi kerak bo’lgan mitingning keyinga surilishini ma’lum qildi. Kandemir tadbir qaysi kunga ko’chirilishiga aniqlik kiritmadi.
26-aprel, chorshanba kuni Erdog’an shifokorlar maslahati bilan o’sha kunga rejalashtirilgan barcha ommaviy tadbirlarni bekor qildi. Bir kun avval Prezident intervyu chog’ida o’zini yomon his qildi va jonli efirni to’xtatishga to’g’ri keldi. 20 daqiqadan so’ng Erdog’an efirga qaytib keldi va oshqozon grippiga chalinganini aytdi. Keyinroq Turkiya rahbarining matbuot kotibi Ibrohim Kalin Prezidentning sog’lig’i yaxshi ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Yuz.uz.