AsosiyDunyo

Erdo’g’an Turkiyaning kosmosda xizmat qiladigan ilk koinot yo’lovchilarini e’lon qildi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an Turkiyaning kosmosda xizmat qiladigan ilk koinot yo’lovchilarini e’lon qildi.

Istanbuldagi Otaturk aeroportida boʻlib oʻtgan TEKNOFESTda Prezident Erdogʻan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Liviya Bosh vaziri Abdulhamid Dibeybe ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Birinchisi 2018-yilda o’tkazilgan TEKNOFEST o’z sohasida brendga aylanganini tilga olgan Erdo’g’an, bu yil tadbirga 81 viloyat va 96 davlatdan 333 ming jamoa va 1 million raqobatchi ariza topshirganini aytdi.

Erdog’an, Turkiyaning birinchi odamli kosmosga safari haqida gapirar ekan, asosiy va zaxira bo’lgan 2 ta kosmik yo’lovchining aniqlanganligini, kosmik missiyani boshlaydigan kishining xalqaro kosmik stansiyada 14 kun qolib, 13 xil harakat bajarganini aytdi.

Yo’lovchining fazo bilan uchrashish vaqti joriy yilning so’nggi choragi sifatida rejalashtirilganligini ifoda etgan Erdo’g’an,

“Xalqaro kosmik stansiyaga boradigan birodarimiz Alper Gezeravji, Havo kuchlari qo’mondonligimizda muhim muvaffaqiyatlarga erishgan qahramon turk uchuvchisi, birodarimiz Tuva Cihangir Atasever esa Roketsan’da ishlovchi tizim muhandisi”, – dedi.

Ozarbayjon Prezidenti Aliyev oʻz nutqida Turkiyaning mintaqadagi tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikning kafolati ekanligini va buyuk turk dunyosining birlashuvida katta rol oʻynashini taʼkidladi.

Turkiyaning Yevroosiyoning savdo, energetika, transport va siyosiy markazi ekanligini, mudofaa sanoatining bugun butun dunyo tomonidan qabul qilinganligini tushuntirgan Aliyev,

“Havoda  QIZILELMA, yerda  Oltoy va Togg, dengizda  Anadolu, bu bugungi Turkiya budir  ”.  deya qayd etdi.

Liviya Bosh vaziri Dibeybe ham Turkiyaning bugungi kunda muvaffaqiyatli davlat modelining eng yorqin namunasi ekanini ta’kidladi.

“Ayniqsa, barcha ishtirokchilarga Liviya havo hujumidan mudofaa tizimlarini mustahkamlashga qoʻshgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiraman”, -dedi u.

TuraNews

Back to top button