Sport
«Dutch Open-2023″da taekvondochilarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi
Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida taekvondo WT boʼyicha Dutch Open xalqaro musobaqasi boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston terma jamoasining 8 nafar vakili medallar uchun kurash olib bordi.

Oʼzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga koʼra, ularning 5 nafari sovrindor boʼldi.
«Dutch Open-2023″da Shuhrat Salayev, Jasur Jaysunov va Nikita Rafalovich barcha raqiblarni magʼlub etib, oltin medalni qoʼlga kiritdi. Ulugʼbek Rashitov hamda Svetlana Osipova esa bronza medalga ega chiqdi.
«Dutch Open-2023» sovrindorlari:
Oltin – Shuhrat Salaev;
Oltin – Jasur Jaysunov;
Oltin – Nikita Rafalovich;
Bronza – Ulugʼbek Rashitov;
Bronza – Svetlana Osipova.