AsosiyHayot

Dam olish kunlari havo sovuq bo‘ladi

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida sovuq va quruq ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari −5…−10, kunduz kunlari 0…−5 darajagacha pasayadi. Shimol va cho‘l hududlarda −22 darajagacha sovuq tushishi mumkin.

9 dekabr, juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi sovuq antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.

Bugun respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi, janubda yomg‘ir va qor ko‘rishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati 0…−5 daraja sovuq, shimolda va cho‘l hududlarda −4…−9 daraja atrofida bo‘ladi, bu ushbu kunning iqlimiy qiymatlaridan 8…10 darajaga pastdir.

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida sovuq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari −5…−10, kunduz kunlari 0…−5, shimolda va cho‘l hududlarda kechalari −17…−22 daraja sovuq, 10 dekabrda ba’zi joylarda −24 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari −4…−9 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.

Source
Gazeta.uz

TuraNews

Back to top button