Bugun Fetullohchi terror tashkiloti (FETO)ning xoin to’ntarish tashabbusiga 7 yil to’ldi.
Turkiya Respublikasining milliy birligi va yaxlitligiga hujum qilish niyatida mamlakatni zulmatga botirmoqchi boʻlgan FETO aʼzolari 2016-yil 15-iyulda xiyonatkor davlat to‘ntarishiga uringan.
Turk demokratiyasini nishonga olgan bu xiyonatkor urinish turk xalqining demokratiyani va saylangan irodani himoya qilish uchun epik qarshiligi bilan qaytarildi.
2016-yil 15-iyul kuni mamlakatning ko‘plab muassasalariga, ayniqsa harbiy va xavfsizlik kuchlariga singib ketgan va haqiqiy ambitsiyalarini oshkor qilgan FETOning qonli to‘ntarish tashabbusi, Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’anning chaqirig’i bilan butun Turkiya bo’ylab demokratiyani himoya qilish uchun maydonlarni to’ldirgan fuqarolarning qo’llab-quvvatlashi bilan bartaraf etildi.
Turk millatining jasorati va qat’iyati bilan erishilgan bu g’alaba dunyoda misli ko’rilmagan kayfiyat va demokratiya ongini yuzaga chiqardi.
Tarixga shonli qarshilik sifatida kirgan bu kurashda butun Turkiya bo’ylab maydonlarga chiqib o’zini tank va o’qlar oldiga tashlagan 253 vatanparvar shahid bo’ldi.
Turkiya, 15 iyul G’alabasining 7 yilligi munosabati bilan, vatan va bayroq uchun hech ikkilanmasdan shahidlik sari yo‘l olgan shahidlarni yodga oladi.
G‘alaba bilan yakunlangan ana shu mazmunli qarshilik va kurash ruhini jamiyat xotirasida doimo bardavom saqlash uchun. Har yili “15-iyul Demokratiya va milliy birlik kuni” diqqat bilan tayyorlangan turli tadbirlar bilan yodga olinadi .