AsosiySport

Bugun Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniri boshlanadi

Bugun Toshkentda “Yunusobod” sport majmuasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) taqvimidan oʻrin olgan “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oladi.

Uch kun davomida sayyoramizning 5 qitʼasi 49 davlatidan jami 364 (191 erkak, 173 ayol) nafar dzyudochi 14 ta vazn toifasida oʻzaro bellashadi. Musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 154 ming yevroni tashkil etadi.

Bugungi bahslarda erkaklar – 60, – 66 kilogramm, ayollar esa -48, -52 va -57 kilogramm vazn toifalarida musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Jumladan, 20 nafar terma jamoamiz aʼzosi 5 ta vaznda yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:

-60 kg vazn toifasi

Doston Roʻziyev – Chong-Yu Lin (Xitoy Taypeyi),

Zamohshari Bekmurodov – Merey Marhanbetov (Qozogʻiston),

Kamoliddin Baxtiyorov – Romarik Bouda (Fransiya),

Dilshodbek Baratov – Muhammadsolih Quvvatov (Tojikiston)/Kazibek Chinibekov (Qirgʻiziston).

-66 kg vazn toifasi

Bobur Vadjiyev – Veyl Ezzine (Jazoir),

Muhriddin Tilovov – Munis Havsavi (Saudiya Arabistoni)/Isayah Ramirez (AQSH),

Sardor Nurillayev – Yerbol Abasbekov (Qirgʻiziston)/Shahboz Saidaburorov (Tojikiston),

Abdurahim Nutfulloyev – Adrian Chinarro Niyeto (Ispaniya).

-48 kg vazn toifasi

Mashhuraxon Azimova – Mariya Antona Gomez (Ispaniya),

Fotimaxon Tursunboyeva – Shukrona Karchiyeva (Tojikiston),

Gulnur Muratbayeva – Edna Karrillo (Meksika),

Xalimajon Qurbonova – Aksoltan Hojageldiyeva (Turkmaniston).

-52 kg vazn toifasi

Zuhraxon Maʼmurjonova – Martina Kastagnola (Italiya),

Gulhayo Joʻrayeva – Iglesias Ernandes (Kuba),

Diyora Keldiyorova – Ariane Soler Toro (Ispaniya) /Ying Vey Liu (Xitoy),

Sita Kadambayeva – Mariya Siderot (Portugaliya)/Sayyora Roziyeva (Turkmaniston).

-57 kg vazn toifasi

Shukurjon Aminova – Vera Zemanova (Chexiya),

Nilufar Yermaganbetova – Akarim Omori (Yaponiya),

Farangiz Rejepova – Malin Uilson (Buyuk Britaniya),

Yuliana Maksetbayeva – Ngok Diyem Nguyen (Vyetnam).

TuraNews

Back to top button