AsosiyDunyoSiyosat

Britaniya tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyoga kelishi mumkin

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Bu haqda diplomat parlament muhokamasi payti ma’lum qildi.

– Butun dunyo bo‘ylab ittifoqchilik va sheriklik tarmog‘ini mustahkamlash tarafdorimiz, – dedi u. – Markaziy Osiyo kelgusida biz keng ko‘lamli aloqa o‘rnatmoqchi bo‘lgan yo‘nalishlardan biridir. Men ushbu mintaqaga borishni rejalashtiryapman.

“newscentralasia.net” nashri yozishicha, Kemeron hamkorlik sohalari uchun mas’ul barcha mutaxassislar ishtirokida davra suhbati uyushtirilishini aytgan.

O‘tgan yil yakunida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Buyuk Britaniya 2024-yil “S5+1” formatida sammit o‘tkazishi xususida ma’lum qilingan.

 

Source
Uza.uz

TuraNews

Back to top button