Asosiy

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari O’zbekistonda

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk bilan uchrashdi.

Bugun Toshkentda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk ayni damda O’zbekistonda. 13-mart kuni u Toshkentda hukumat a’zolari, inson huquqlari tashkilotlari, huquq himoyachilari va muxolifat vakillari bilan muloqot qilgan.

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashuvda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik muhokama qilingan.

Saidov deydiki, O‘zbekiston hukumati «inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni davom ettirishda qat’iy.»

BMT delegatsiyasi Oliy sudda ham bo’lgan. Tashkilot O’zbekiston hukumatini azaldan sud mustaqilligini ta’minlash va qonun ustuvorligiga yo’l ochisga undab keladi. Bu borada mamlakat xalqaro reytinglarda eng past o’rinlarda.

Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov sud-huquq tizimidagi islohotlar haqida so’zlab bergan. Islomov so‘nggi olti yilda 50 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilinganini ta’kidlagan, jumladan Sudyalar oliy kengashi va Konstitutsiyaviy sud to’g’risidagi hujjatlarni tilga olgan.

Source
VOA

TuraNews

Back to top button