
Yil boshidan beri top-5 ligada eng ko‘p gol urgan futbolchi Karim Benzema va Erling Xolanddir.
Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Real” – “Chelsi” o‘yinida Benzema 2023 yil boshidan buyon barcha turnirlar doirasidagi 18-golini urdi – top-5 ligada boshqa hech bir o‘yinchi ko‘proq gol urgani yo‘q.
«Real» hujumchisi bu ko‘rsatkichda «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandga yetib oldi.