AsosiySport

Bahodir Jalolov raqibini nokautga uchratdi

AQSHning Kaliforniya shtatida professional boks oqshomi o'tkazilmoqda.

Ushbu jang oqshomi doirasida Tokio Olimpiadasi chempioni, hamyurtimiz Bahodir Jalolov amerikalik Kyortis Xarperga qarshi ringga ko’tarildi.

10 raundga mo’ljallangan jang 4-raundda o’z yakuniga etdi. Bahodir raund o’rtalarida raqibini burchakka taqadi va kuchli zarbasini bilan Xarperni muvozanatdan chiqardi. Ushbu vaziyatda referi hisobni ochdi va jangni to’xtatdi. Bokschimiz nokaut evaziga g’olib bo’ldi.

Bahodir 3-raundda raqibini nokdaun holatiga tushirishga ham ulgurgandi.

Ushbu g’alaba orqali Bahodirning prof boksdagi 12-jangida 12-g’alabasiga erishdi. Bokschimiz barcha raqiblarini muddatidan oldin mag’lubiyatga uchratgan.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button