Turizm
AnadoluJet Anqara va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi
Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi Anqara-Toshkent-Anqara yangi yo‘nalishini ochdi.

Birinchi yo‘lovchi reysi 2023 yil 17 aprelga belgilangan. Reyslar Boeing 737-800 samolyotlarida haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
AnadoluJet – bosh qarorgohi Anqarada joylashgan Turkish Airlines loyihasi bo‘lgan aviakompaniya.
Aviakompaniya parkida 59 ta samolyot mavjud bo‘lib, ular 89 ta yo‘nalishda ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.