Hayot

Almatida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston ham qatnashadi

Qozog‘istonning Almati shahrida “Central Asia Fashion-2023” 31-xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi. Anjumanda 16 mamlakat vakillari qatori O‘zbekistonning kiyim kechak, poyabzal va  aksessuar ishlab chiqaruvchi 150 dan ziyod kompaniyasi ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada “O‘zcharmsanoat” va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmalari tarkibidagi  20 korxona mahsulotlaridan iborat yagona milliy stend tayyorlangan. Ishlab chiqaruvchilarimizning to‘qimachilik, qorako‘l, charm mahsulotlari, sport, bolalar kiyim-kechagi va poyabzal savdosi tashkilotlari takliflari iste’molchilarga manzur bo‘lmoqda. Qozog‘iston bozoriga o‘zbek poyabzali yetkazib berish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokara olib borilmoqda.

Yaponiya darsligi muqovasida “Sherdor” tasviri!

Yaponiya maktablarining 9-12-sinflari uchun mo‘ljallangan “Dunyo tarixi” darsligi muqovasiga Samarqanddagi mashhur Registon majmuasida joylashgan “Sherdor” madrasasi surati joylashtirildi.

Ushbu qo‘llanma Yaponiyaning mashhur “Yamakawa Shuppansha Ltd.” nashriyoti tomonidan  chop etilgan bo‘lib, aprel oyida boshlanadigan yangi o‘quv yilida o‘quvchilarga tarqatiladi.

TuraNews

Back to top button