Hayot

9-may munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga boruvchilar uchun avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da bo‘lib o‘tadigan bayram tadbiriga tashrif buyuruvchi fuqarolar va yo‘lovchilarga sifatli jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida, 2023-yil 9-may kuni soat 18:00 dan harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar qildi.

Avtobus yo‘nalishlari quyidagi jadval asosida tashkil etiladi:

  • “Mashinasozlar metrosi — Yangi O‘zbekiston bog‘i” (10 ta jadval asosida “Yutong” rusumli elektrobuslar, “1-Avtobus saroyi” filiali tomonidan xizmat ko‘rsatiladi);
  • “Do‘stlik metrosi — Yangi O‘zbekiston bog‘i” (10 ta jadval asosida “MAN” rusumli avtobuslar, “Toshavtobustrans” UK tomonidan xizmat ko‘rsatiladi);
  • 190-sonli “Yangibozor qo‘rg‘oni — Yangi O‘zbekiston bog‘i” (16 ta jadval asosida “MAN” va “SAZ LE-60” rusumli avtobuslar, “5-Avtobus saroyi” filiali tomonidan xizmat ko‘rsatiladi);
  • “Do‘stlik metrosi — Yangi O‘zbekiston bog‘i” (10 ta jadval asosida “Yutong” rusumli elektrobuslar, “7-Avtobus saroyi” filiali tomonidan xizmat ko‘rsatiladi);
  • “Buyuk ipak yo‘li metrosi — Yangi O‘zbekiston bog‘i” (10 ta jadval asosida “Yutong” rusumli elektrobuslar, “18-Avtobus saroyi” filiali tomonidan xizmat ko‘rsatiladi).

TuraNews

Back to top button