Turkiya bugun muhim bayramlaridan birini nishonlamoqda. Bundan roppa-rosa 103 yil muqaddam ya’ni, 1920-yilning 23-apreli kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi tashkil topdi. Ushbu kun keyinchalik milliy mustaqillik va bolalar bayrami sifatida nishonlana boshladi.
Bugun hokimiyat yakka shaxsdan ya’ni, podshodan olinib xalqqa berilgan kun. Qisqacha qilib aytganda, 23 aprel – turk xalqining mustaqillik tushunchasi o‘zgargan kun. “Mustaqillik shak-shubhasiz xalqqa oid” degan tushunchaning Respublika tarixiga singdirilgan kundir.
Bugunning yana bir xususiyati shundaki, Ozodlik urushida otasi shahid bo‘lgan bolalarni xursand qilish uchun tashkil topgan Bolalar bayrami kunidir.
Ushbu bayram mamlakatning to‘rt burchagida, maktab yoshidagi bolalar tomonidan katta hayajon bilan nishonlanmoqda.
Shunday ekan biz ham, Turkiya ovozi radiosining ijodiy jamoasi sifatida, butun bolalarni, 23-aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz bolajonlar!