AsosiyHayotTexnologiya

14 yoshli oʻsmir “PUBG”dagi profilni 4,5 ming AQSH dollariga sotib olishga urindi

2023-yil yanvar oyining oxirlarida Kattaqoʻrgʻonlik 16 yoshli T.J Telegram messenjeridagi oʻzining “FRENZY AKKAUNT”ti orqali “PUBG” oʻyini uchun ochilgan profilini 7.000 AQSH dollariga sotishi haqida reklama joylashtiradi.

Soʻng profiliga haridor boʻlgan Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashovchi 14 yoshli I.S. bilan savdolashib, undan jami 4.450 AQSH dollar miqdoridagi pullarni plastik kartasiga oʻtkazdirib oladi.

I.S.ga esa “PUBG”dagi profilini bermasdan, undan olgan pullarni oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan T.J.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deya xabar beradi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button