1 aprel – «Apple» kompaniyasi tashkil topgan kun
«Apple» – shaxsiy kompyuterlar, planshetlar, smartfonlar, noutbuklar, dasturiy ta’minotni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Amerikaning eng yirik korporasiyalaridan biri bo‘lib, uning 2020 yildagi pul aylanmasi 275 milliard AQSH dollarni tashkil qilgan.
«Apple» kompaniyasining shtab-kvartirasi Kaliforniya shtatining Kupertino shahrida joylashgan. «Apple» kompaniyasining birinchi mahsuloti «Apple I» kompyuteri bo‘lib, u 1976 yilda taqdim etilgan va 666,66 AQSH dollardan sotilgan.
Qizig‘i shunadaki, salkam 40 yildan so‘ng, auksionlarning birida u 905,000 AQSH dollarga sotilgan, bu esa o‘zining boshlang‘ich qiymatidan qariyb 1400 barobar qimmatroqdir.
1984 yilda «Apple» kompaniyasi grafik interfeysiga ega bo‘lgan o‘zining birinchi Macintosh kompyuterini chiqargan. Uning boshlang‘ich narxi 2,495 AQSH dollarni tashkil qilgan.
«Apple Inc» kompaniyasining hozirgi kundagi bitta aksiyasining narxi -158,28 AQSH dollarni tashkil etadi.