Joriy yilning 10-12-fevral kunlari poytaxtimiz qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi, deb xabar berdi OlympicUz
Ayollar oʻrtasida tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli sablyachilari gʻoliblik uchun shiddatli jang olib borishadi.
Gimnastika sport saroyida oʻtadigan musobaqa Parij-2024 siklidan avval jahon reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim qiladi.
Ayni paytga kelib, AQSH, Koreya Respublikasi, Gretsiya, Vengriya, Ozarbayjon kabi 12 terma jamoa ushbu turnir uchun tarkibini eʼlon qilib ulgurdi. Vladimir Nazlimov boshchiligidagi sportchilarimiz shu kunlarda Yangioboddagi oʻquv-mashgʻulot bazasida mazkur musobaqaga hozirlik koʻrishmoqda.