Turizm

2022 yilda O‘zbekistonga qancha sayyoh kelgani ma’lum qilindi

O‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga 5,2 million xorijlik sayohatchi tashrif buyurgan, deya ma’lum qildi Statistika agentligi.

Bu ko‘rsatkich 2021 yil bilan solishtirganda 3,4 millionga oshgan. Biroq pandemiyadan avvalgi 2019 yil bilan qiyoslaganda 1,5 millionga kamaygan.

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh (1,5 mln kishi) Qozog‘istondan kelgan. Keyingi o‘rinlarni Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya hamda Turkiya davlatlari egalladi.

Bundan tashqari, o‘lkamizga Janubiy Koreya, Germaniya, Hindiston, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniyadan 8 mingdan ortiq sayyoh tashrifi qayd etilgan.

E’tiborlisi, 2022 yilning sentabrida Rossiyada armiyaga safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng O‘zbekistonga ushbu davlat fuqarolarining kelishi ko‘paygandi. Raqamlarga ko‘ra, yil davomida 567,7 ming nafar rossiyalik mamlakatimizga kelgan.

Mamlakatimizga 2020 yilda 1 504 000, 2019 yili esa 6 784 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan. 2020 hamda 2021 yillarda turistlar oqimi kam bo‘lgani koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq.

Avvalroq Statistika agentligi o‘zbekistonliklar 2022 yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilgani haqida ma’lumot bergandi.

Source
Kun.uz

TuraNews

Back to top button