Bishkekdan Istanbulga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
Turkish Airlines aviakompaniyasining Bishkekdan Istanbulga uchgan samolyoti aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Toshkent xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, qo‘nish hududida tuman tushib, ko‘rish masofasi 800 metrni tashkil etgan. Shu sababli экипаж a’zolari muqobil aerodromga to‘xtashga qaror qilgan.
Bortida 184 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan 09:42 da aeroportga qo‘ndi. Ayni paytda samolyotning belgilangan manzilga parvozini amalga oshirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Avvalroq Moskvadan Goaga uchayotgan «Aeroflot» samolyoti zo‘ravon yo‘lovchi tufayli Urganchga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgandi. Mast yo‘lovchi reysdan chiqarib tashlangan.