Asosiy

O‘qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlar javobgarlikka tortiladi — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva o‘qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilib, tez orada qabul qilinishi kutilayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda O‘qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, qonunning tez orada qabul qilinishi kutilyapti.

«Afsuski, farzandlarimizga ta’lim berayotgan o‘qituvchilar yillar davomida haq-huquqsiz, himoyasiz, qadrsiz bo‘ldi. Ulardan bog‘bon, farrosh, maktabga kelgan komissiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi ofitsiant, zerikarli tadbirlarda bo‘sh zallarni to‘ldiruvchi „massovka“, matbuot nashrlariga majburiy obunachi, tungi navbatchi va maktab qorovuli sifatida foydalanildi», — deb yozdi u.

Saida Mirziyoyeva endi bu ishlarni to‘xtatish vaqti kelganini ta’kidladi. «Chunki o‘qituvchilar qadrini ko‘tarmas ekanmiz, hech narsaga erisha olmaymiz», — dedi prezidentning qizi.

Source
Gazeta.uz

TuraNews

Back to top button