AsosiyHayot

Buxoroda “Street Food” gastronomik ko‘chasi tashkil etilmoqda

Ko‘chaning uzunligi 820 metr bo‘lib, mavjud xizmat va savdo shaxobchalari soni 36 tani tashkil etadi, shundan 9 tasi umumiy ovqatlanish shaxobchalari hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, gastronomik ko‘chaning uzunligi 820 metr bo‘lib, mavjud xizmat va savdo shoxobchalari soni 36 tani tashkil etadi, shundan 9 tasi umumiy ovqatlanish shoxobchalari hisoblanadi. Xususan, 13 dekabr’ kuni Bravo Lider restorani ham o‘z faoliyatini boshladi. Restoran milliy va Yevropa taomlariga ixtisoslashgan bo‘lib, 200 kishiga mo‘ljallangan.

Loyiha ishga tushishi natijasida 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Restoranning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, halol sertifikatini olish borasida ham amaliy ishlar boshlangan.

Shuningdek, gastronomik ko‘chada 22 ta do‘kon va 50 ta ko‘chma savdo shoxobchalari qurilishi rejalashtirilgan. Bu esa o‘z navbatida 190 ta yangi ish o‘rni yaratilishini ham ta’minlaydi, deya xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button