AsosiyIqtisodiyot

Oʻzbekiston-Turkiya savdo-iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash yoʻllari muhokama etildi

Joriy yil 24-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari Toshkent shahrida Turkiya Respublikasi iqtisodiy tadqiqotlar jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Turkiya-Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorligining yangi istiqbollari” mavzusidagi tadbirda ishtirok etdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash, mintaqaviy va xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirish, infratuzilmani rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Shuningdek, xalqaro Transkaspiy yoʻlagidan foydalanishni yanada faollashtirish, yuk tashish hajmini oshirish, narxlarni optimallashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit jarayonlarini soddalashtirish va yirik logistika infratuzilmaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirishni nazarda tutgan holda mintaqalararo transport va logistika sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar turk biznesining oʻzbekistonlik tadbirkorlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab oldilar va uzoq muddatli oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button