Hayot

Qozog‘iston bilan chegaradosh «Navoiy-Qoplonbek» o‘tkazish punkti vaqtinchalik yopiladi

1 dekabrdan o‘zbek-qozoq chegarasidagi «Navoiy — Qoplonbek» avtoyo‘l o‘tkazish punkti yopiladi. Punktda modernizatsiya qilish va texnik jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi Zangiota — Qoplonbek avtoyo‘l o‘tkazish punkti yopiladi, deya xabar bermoqda Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo’mitasi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining «Navoiy» chegara bojxona posti bilan chegaradosh bo‘lgan Qozog‘istonning «Qoplonbek» avtoyo‘l o‘tkazish punkti modernizatsiya qilinishi hamda texnik jihozlanishi rejalashtirgan.

Shu bois mazkur o‘tkazish punktini joriy yilning 1 dekabr kunidan boshlab vaqtincha yopiladi.

TuraNews

Back to top button