AsosiySport

Nodirbek Abdusattorov chempion va dunyoning 4-raqamli shaxmatchisi

U asosiy taʼqibchisi Parxam Maxsudluga (Eron) qarshi qiyin bahsda gʻalaba qozondi va musobaqa yakuniga bir tur qolganida muddatidan oldin chempion boʻldi.

Nodirbek Abdusattorov Chexiyada oʻtayotgan “Prague Masters” turnirida muddatidan oldin chempion boʻldi.

U asosiy taʼqibchisi Parxam Maxsudluga (Eron) qarshi qiyin bahsda gʻalaba qozondi va musobaqa yakuniga bir tur qolganida muddatidan oldin chempion boʻldi.

Nodirbek 8 imkoniyatdan 6 ochko toʻpladi. Uning taʼqibchilarida esa 4,5 ochko bor. Yaʼni oxirgi turda qanday natija boʻlishidan qatʼi nazar oʻzbekistonlik shaxmatchiga hech kim yeta olmaydi.

Chempionlikdan soʻng Abdusattorov onlayn shaxmat reytingida dunyoning eng kuchli TOP-4 shaxmatchilari qatoriga kirdi. Undan yuqorida Magnus Karlsen (Norvegiya), Fabiano Karuana (AQSH) va Hikaru Nakamura (AQSH) bor.

Nodirbekning hisobida 2765.5 reyting ochkosi bor va u shaxmat tojining amaldagi sohibi Ding Lijyendan (Xitoy) ham oʻzib ketdi.

 

TuraNews

Back to top button