AsosiyDunyo

Turkmaniston Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘ladi

Turkmaniston tez orada Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘ladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkmanistonni tashkilotga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitda tasdiqlanadi.

Avvaliga, Turkiy davlatlar tashkiloti 2009 yil 3 oktyabrda tashkil etilgan. Dastlab tarkibida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya o’rin olgan tuzilmaga 2018 yil O‘zbekiston ham qo‘shildi.

Vengriya kuzatuvchi maqomiga ega. 2021 yil noyabr oyida Turkmaniston kuzatuvchi maqomini olgan.

Source
TRT

TuraNews

Back to top button