Turkiya Liviyadagi suv toshqinida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan mamlakat hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.
«Kechadan beri Liviyada ro’y berayotgan va ayniqsa, mamlakat shimoli-sharqiga ta’sir qilgan «Daniel» to’foni sabab bo’lgan suv toshqini tufayli ko’plab insonlarning hayotdan ko’z yumganidan chuqur qayg’udamiz. Do’st va qardosh Liviya xalqi va Liviya hukumatiga hamdardlik bildiramiz, hayotdan ko’z yumganlarni Alloh o’z rahmatiga olsin, yaradorlarga esa shifo tilaymiz. Turkiya har doimgidek qardosh Liviyaga bu tabiiy ofat qarshisida har tomonlama yordam berishga tayyor»,-deyiladi hamdardlik maktubida.