HayotTexnologiya

Apple iPhone 15 va yangi Apple Watch`lar taqdimotini o‘tkazdi. Asosiy ma’lumotlar

12-sentabr kuni Apple kompaniyasi o‘zining Kupertinodagi shtab-kvartirasida yangi qurilmalari taqdimotini o‘tkazdi. Tadbir kompaniyaning YouTube sahifasida jonli efirga uzatildi va yarim kun ichida 25 mln kishi tomosha qildi.

Yangi qurilmalarning narxlari
Apple taqdimoti o‘tkaziladigan kunda beriladigan asosiy ma’lumotlardan biri yangi iPhone`larning narxlari hisoblanadi. Kechagi taqdimotda yangi qurilmalar AQShda sotib olinganda va soliqlar hisobga olinmaganda qanchaga tushishi e’lon qilindi. Mamlakatda yangi Apple Watch`larga 12-sentabrdan, iPhone`larga esa 15-sentabrdan oldindan buyurtma berish mumkin bo‘ladi.

  • iPhone 15 — 799 dollardan;
  • iPhone 15 Plus — 899 dollardan;
  • iPhone 15 Pro — 999 dollardan;
  • iPhone 15 Pro Max — 1199 dollardan;
  • Apple Watch SE — 249 dollardan;
  • Apple Watch Series 9 — 499 dollardan;
  • Apple Watch Ultra 2 — 799 dollardan.

Lightning o‘rniga USB-C
Kompaniya smartfonlarining barcha yangi modellari — iPhone 15, iPhone 15 Plus, iPhone 15 Pro, iPhone 15 Pro Max`lardagi odatiy Lightning porti USB-C bilan almashtirildi. Endi Apple`ning bir nechta qurilmasini ishlatadiganlarga kamroq kabellar kerak bo‘ladi.

Bu o‘zgarishning asosiy sababi Yevropa Ittifoqi simli quvvatlagich ishlatiladigan mobil qurilmalarni 2024-yil oxirigacha bir turdagi — USB Type-C/USB-C`ga o‘tkazish bo‘yicha qonuni bo‘lishi mumkin.

 

TuraNews

Back to top button